Turkiyaning Kemer kurort shahri hokimiyati halokatga uchragan Su-24 samolyotining marhum uchuvchisi Oleg Peshkov oilasiga kurort hududidan uy sovg‘a qilishga tayyor.
Ma'lum qilinishicha, Rossiyaning Turkiyadagi bosh elchisi Aleksandr Tolstopyatenko ushbu xabarni tasdqilagan.
«Haqiqatan ham men Kemer meriyasi delegatsiyasini shahar rahbari Mustafo G‘ulom boshchiligida kutib oldim. Ushbu shahar hokimiyati marhum uchuvchining oilasiga uy sovg‘a qilishga tayyor», — dedi u.
Ayni damda ushbu qarorga muvofiq yakuniy xulosaga kelinmagan.
Avvalroq, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin Turkiya hukumati uchuvchining yaqinlariga tovon to‘lab berishga tayyor ekanini aytgan edi.
Bu chiqishlar 27 iyun kuni Turtsiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya va Turkiya o‘rtasida aloqalarni qayta tiklashga tayyor ekani va halok bo‘lgan uchuvchi uchun uzr so‘rab maktub yo‘llashi fonida yangramoqda.