Toshkent Fotosuratlar uyi huzuridagi ijodiy maktab-studiya bitiruvchilarining Sog‘lom ona va bola yiliga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmasi ochildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Ijodiy maktab-studiya mana, o‘n yildirki, fotografiya san'atiga qiziquvchi yoshlarning amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etib, o‘z tengdoshlari ijodi bilan yaqindan tanishish, tajriba almashish imkonini yaratmoqda.
Bu galgi ko‘rgazmada Madina Islomova, Oynisa Azimxo‘jayeva, Irina Suxina, Bekzod Rahimjonov, Jamol Sandiboyev, Aziz Foziljonov, Vladimir Zavodov, Georgiy Chankov, Bogdan Yumatov kabi havaskorlarning O‘zbekistonning betakror tabiati, madaniyati, san'ati, samimiy va mehnatsevar odamlari aks etgan ikki yuzga yaqin ijodiy ishi namoyish etilmoqda.