Si Jinping: Xitoy Hongkong aholisiga o‘z-o‘zini boshqarishi uchun imkon beradi

Jahon 15:21 / 01.07.2016 4116

Xitoy Hongkong maxsus ma'muriy viloyati bilan munosabatlarda "bir mamlakat – ikki tizim" tamoyiliga qat'iy rioya qiladi va honkongliklarga o‘z viloyatlarini o‘zi boshqarishi uchun imkon beradi, deya ma'lum qildi XXR raisi Si Jinping.

"Bir davlat – ikki tizim" siyosati amaliyotda o‘zining hayotiy kuchini ko‘rsatdi. Duch kelishi mumkin bo‘lgan qiyinchilik va muammolarga qaramay biz bu tamoyilga bo‘lgan e'tiqod va ishonchni yo‘qotmasligimiz kerak. Biz hongkongliklar Hongkongni, aominliklar esa Aominni boshqarishi uchun  bu tamoyilni qat'iy holda qo‘llab-quvvatlaymiz", — deya ta'kidladi Si Jinping Xitoy kommunistik partiyasining 95 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tatanali yig‘ilishda.

Uning qayd etishicha, Xitoy hukumati iqtisodiyot va aholi turmush darajasini oshirishda hissa qo‘shuvchi maxsus viloyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

"Bir davlat — ikki tizim". O‘tgan asrning 80-yillari boshida Den Syaopin tomonidan taklif etilgan g‘oya bo‘lib, unga ko‘ra faqat Xitoy bo‘lishi kerak edi. Biroq amalda Hongkong, Makao va Tayvan o‘zining kapitalistik iqtisodiy va siyosiy tizimiga ega bo‘ldi, holbuki bu vaqtda Xitoyning boshqa hududlarida sotsialistik tizim mavjud bo‘lishi kerak edi.

Ko‘proq yangiliklar: