OTB O‘zbekistonda kichik biznesni moliyalashtirish uchun zayom ajratadi

Iqtisodiyot 17:26 / 01.07.2016 8193

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) kichik biznesni moliyalashtirish uchun O‘zbekistonning to‘rtta moliyaviy institutiga 100 million AQSh dollari hajmida zayom berishni tasdiqladi.
 
Zayomlar Davr Bank, Hamkorbank va «Ipak yuli» banklari, shuningdek Uzbek Leasing International A.O. lizing kompaniyasiga beriladi. 

"O‘zbekistonda YaIMning 50 foizidan ko‘prog‘i va bandlikning 80 foizi kichik biznes ulushiga to‘g‘ri keladi, biroq qishloq joylarida moliyaviy resurslarga kirish xizmatlar va boshqa bir qator sharoitlar yetishmasligi tufayli qiyinlashadi", - deya ta'kidladi OTB Markaziy va G‘arbiy Osiyo Boshqarmasining moliyaviy sektor bo‘yicha mutaxassisi Aliya Muhamedyarova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, zayom to‘rtta moliya institutiga kichik biznes sub'yektlariga kredit ajratish imkonini beradi, bu esa yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga va iqtisodiyotning o‘sishiga olib keladi.  

Zayom taqdim etilishi kichik biznes va tadbirkorlar sub'yektlarining o‘sib borayotgan kredit va lizingga bo‘lgan talabini qondirishga yordam beradi. Subzayomning maksimal summasi 300 ming dollar qilib belgilangan. 

Loyihani amalga oshirish davri 5 yildan iborat bo‘lishi rejalashtirilmoqda. 

 

Foto: ABR

Ko‘proq yangiliklar: