2016 yilning fevral oyida qayta ta'mirlanishi boshlangan Oloy bozori bugun qayta ish boshladi.
Toshkentliklar va shahar mehmonlari bozorga tashrif buyurgach, yangilangan savdo pavilonlari va ularning ozodaligi, zamonaviylik va uyg‘unlikni jamlagan bozor inshootlari, tabassum ila xaridorga gap ulashuvchi sotuvchilarni ko‘rib ko‘ngli yayraydi, mana shunday farovon yurtda, istiqboli bundan-da porloq vatanda yashayotganidan faxrlanadi.