Rossiya FVV samolyoti, Irkutsk viloyati hududida aloqaga chiqmagan va qidirila boshlangan Il-76 samolyoti hududdagi tashlandiq aeroportlardan biriga qo‘ngan bo‘lishi mumkin. Bu haqda RIA Novosti o‘z manbasiga asoslanib xabar tarqatdi.
"Hududda tashlandiq aeroport bor. Nazariy jihatdan tajribali uchuvchilar o‘sha aeroportga samolyotni qo‘ndira olishi mumkin. Hozirgi vaziyatda bu qiyin, ammo ilojsiz emas", degan manba.
U bu samolyot olovni o‘chirish ishlarini o‘tkazishi kerak bo‘lgan hududdan 46 km masofada joylashgan qishloq aholisi so‘roq qilingani haqida aytgan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish bilan band bo‘lgan Il-76 samolyoti belgilangan vaqtda qutqaruvchilar bilan aloqaga chiqmadi. Shundan so‘ng uni qidirish ishlariga 8ta samolyot jalb etildi.