Kremlda Turkiya bilan "intensiv aloqalar oyligi" prognoz qilinmoqda

Jahon 15:59 / 01.07.2016 3854

Moskva va Anqara iqtisodiy munosabatlarining qayta tiklanishi haqidagi qarordan keyin Kremlda Turkiya bilan intensiv aloqalar oyligi prognoz qilinmoqda. Bu haqida RF prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlarga xabar qildi. 

"Prezident 30 iyun kuni imzolagan farmonga muvofiq, hukumatga turk hamkasblar bilan prezidentning avvalgi farmoniga binoan kiritilgan cheklov chora-tadbirlarini bekor qilish jarayonini muhokama qilish uchun aloqalarni yo‘lga qo‘yishni boshlash vazifasi topshirilgan. Shu bois oldinda intensiv aloqalar oyligi bo‘lishi kutilmoqda", - dedi u. 

Peskovning ta'kidlashicha, Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an uchrashuvi sentabr oyida Pekinda o‘tkaziladigan "Katta yigirmatalik" sammitigacha bo‘lib o‘tishi mumkin. Uchrashuv qayerda bo‘lib o‘tishiga aniqlik kiritilmadi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: