Qozog‘istonda yosh o‘smir yigitlardan iborat firibgarlar guruhi qo‘lga olindi

Jamiyat 12:00 / 01.07.2016 11555

Qozog‘istonning Olma-ota shahri huquqni muhofaza qilish organlari o‘zlarini politsiya xodimi sifatida tanishtirib yurgan firibgarlar guruhini fosh qildi. Bu haqda ichki ishlar shahar departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, jinoiy guruh tarkibiga 1993, 1981, 1986 va 1992 yillarda tug‘ilgan yosh yigitlar kirgan. Dastlabki aniqlashtiruvda jinoiy guruh tashkilotchisi Rossiyaning 23 yashar fuqarosi bo‘lgan. 

Tekshiruvlar ma'lumotiga ko‘ra, guruh a'zolari o‘zlarini go‘yo pulga o‘ta ehtiyoji tushib qolgan qimmat yo‘ltanlamas egalaridek tutishadi. So‘ngra foizga qarz berib turuvchilar yoniga borib, mashinalarini qoldirib, evaziga yirik summa miqdorida pul olishadi. Olib borilgan tekshiruvlar natijasida shu narsa ayon bo‘lganki, garovga qo‘yilgan barcha mashinalar o‘g‘irlangan bo‘lib chiqqan.

Jinoiy guruh a'zolaridan biri tekshirib ko‘rilganida uning yonidan qo‘l kishani, soxta politsiya xodimi guvohnomasi ham topilgan.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, firibgarlar o‘z jinoiy harakatlarini joriy yilning may oyidan boshlashgan. Ayni damda ularning aybi isbotlangan.

Ko‘proq yangiliklar: