Ispaniyada taniqli fizik Stiven Xokingga tahdid solgan amerikalik ayolga to‘rt oylik qamoq jazosi tayinlandi

Jamiyat 20:30 / 01.07.2016 5127

Ispaniya sudi taniqli britan fizik-nazariyachisi Stiven Xokingga nisbatan tahdid qilgani uchun qo‘lgan olingan amerikalik ayolga to‘rt oylik qamoq jazosi tayinladi, deb xabar qiladi Efe agentligi.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ayolning avval sudlanmaganligi va jinoyatiga iqror bo‘lgani e'tiborga olingan. Bundan tashqari, unga Xokingni yoniga yaqinlashishni taqiqlovchi hukm chiqarildi.

Avval xabar berilganidek, Norvegiyada yashovchi amerikalik ayol Xokingning  Aron (Kanar orolidagi avtonom jamiyat)da o‘tkazilayotgan ilmiy festivalda ishtirok etayotganini bilib, u yerga yetib kelgan. Ayol fizik  matbuot anjumani o‘tkazishi kerak bo‘lgan yerdan olis bo‘lmagan joydagi mehmonxonada qo‘lga olingan. 

Ispaniya milliy politsiyasi qayd etishicha, 37 yoshli ayol olimni butun dunyo bo‘ylab kuzatib yurgan. Bir necha kun avval, u ijtimoiy tarmoq orqali Xokingning shaxsiy pochtasiga jiddiy tahdidli xabar yo‘llagan. Ular orasida ayol fizikni o‘ldirishga va'da ham bergan. 

Ko‘proq yangiliklar: