Ispaniyaning Albasete provinsiyasi Letor munitsipaliteti hududida kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda.
Yong‘inga havo va yerdan qarshi kurashilmoqda. 4ta samolyot va bitta vertolyot suv tashiyotgan bo‘lsa, yerda 150 nafar o‘t o‘chiruvchi xizmat vazifasini bajarayapti, deb xabar qilmoqda Europa Press.
O‘t balosi sabab 2ta yo‘l yopilgan. Kuchli shamol alangani bartaraf etishga imkon bermayapti.
Yong‘inni o‘chirishda shuningdek, Fuqaro mudofaasi tashkilotining ko‘ngilli a'zolari ham qatnashmoqda.
Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.