Hindiston Harbiy havo kuchlari 1 iyul kuni mamlakatda ishlab chiqarilgan Tejas rusumli 2ta qiruvchi samolyotni rasman qabul qilib oldi.
Bugun Karnataka shtatidagi Bangalor aviabazasida samolyotlarning taqdimoti o‘tkazildi.
Shu tariqa, Hindiston HHK Tejas qiruvchi samolyotlari eskadrilyasini tuzishni boshladi. 2018 yilgacha bu tuzilma o‘z ichiga 18ta samolyotni olishi ko‘zda tutilgan. Dastlabki 2 yilda eskadrilya Bangalor aviabazasida joylashadi, keyin Tamilnad shtatidagi Sulur shahriga ko‘chiriladi.
Ultratovushli Tejas samolyotlari bir motorli va ko‘p funksiyali bo‘lib, Hindustan Aeronautics Limited (HAL) va Hindiston mudofaa vazirligi hamkorligida ishlab chiqildi. Samolyotning ishlab chiqilish jarayoni 30 yildan ortiq vaqt oldi. Hukumat 1983 yilda yengil harbiy samolyot ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatma bergan, 1994 yilda bu loyiha qurollanish dasturiga kiritilgandi.
Taxmin qilinishicha, Tejas samolyotlari HHKda rossiyaliklarning MiG-21 samolyotlari o‘rnini egallaydi.