Hershey kompaniyasi Mondelezning 23 mlrd dollarlik taklifini rad etdi

Jahon 12:18 / 01.07.2016 3453

AQShning eng yirik shokolad mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Hershey kompaniyasi, o‘zining raqobatchisi, yana bir Amerika kompaniyasi Mondelez Internationalning birikish to‘g‘risidagi taklifini rad etdi, deb xabar qilmoqda The Wall Street Journal gazetasi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Cadbury va Milka kabi mashhur shokolad savdo belgilari egasi bo‘lgan Mondelez International, Hershey bilan qo‘shilishni 23 mlrd dollarga baholagan. Bu uning har bir aksiyasi uchun 107 dollardan to‘lashni anglatadi. 

"Kompaniya direktorlar kengashi, manfaat bermasligi va Mondelez kompaniyasi bilan muzokaralarni davom ettirish uchun asos bo‘la olmasligi sababli ushbu taklifni muhokama etmasdanoq rad etdi", - deyiladi Hershey xabarida.

Nashrning ta'kidlashicha, agar ushbu bitimga erishilganda, birlashgan kompaniya jahon konditer mahsulotlari bozorida eng yirigi bo‘lar edi. Uning bozor sarmoyasi 90 mlrd dollarga yaqinlashar edi.

1894 yili Pesilvaniyaning Hershey shahrida asos solingan kompaniya Qo‘shma Shtatlardagi eng yoshi ulug‘ kompaniyalardan biri hisoblanadi. Uning yillik tovar aylanmasi 7,4 mlrd dollarni tashkil etadi. 

Illinoys shtatining Dirfild shahrida joylashgan Mondelez International 2012 yili Amerikaning Kraft Foods kompaniyasi ikkiga bo‘lingandan so‘ng tashkil etilgandi. U, jahon konditer bozorida 12 foizdan ko‘proq ulushga ega. Uning yillik aylanmasi 33 mlrd dollardan iborat. 

Ko‘proq yangiliklar: