Ekstremallar Kris Makdugall va Jimmi Pushe, Dubayda odamlarni soatiga 200 km tezlikda havoga otish imkonini beruvchi attraksionni o‘rnatishdi, deb yozmoqda Britaniyaning Daily Mail nashri.
Rogatkaning ishini birinchi bo‘lib, albatta ekstremallarning o‘zlari sinab ko‘rishgan. Xabar qilinishicha, inson tezlatish vaqtida 6g yuklanishni his etadi, bu esa, uchuvchilar yuqori uchuvchilik mahoratini namoyish qilib, havoda keskin harakatlarni amalga oshirganda, ularning jismiga tushadigan bosim bilan barobardir.