Chexiya prezidenti Milosh Zeman mamlakatning YeI va NATOdagi kelajagiga doir referendum o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqida TVTs telekanali xabar qildi.
"Men YeIdan chiqish uchun ovoz berayotganlar bilan hamfikr emasman, lekin ular o‘z fikrlarini bildira olishlari uchun qo‘limdan kelgancha harakat qilaman. Bu gaplar NATOga ham tegishlidir", - deya ma'lum qildi Zeman.
Chexiya Konstitutsiyasiga muvofiq, mamlakat prezidenti referendum chaqirish huquqiga ega emas, uni o‘tkazish uchun mamlakatning asosiy qonuniga o‘zgartirish kiritish kerak. Manbaga ko‘ra, Zeman jamiyatga yetarlicha ta'sir o‘tkaza oladi, chexiyalik fuqarolar esa yevroskeptik hisoblanadi.
Ijtimoiy fikr so‘rovlari shuni ko‘rsatadiki, 2016 yilning aprelida Chexiyaning YeIga a'zoligidan 25 foiz respondentlargina mamnun bo‘lishgan, bir yil avval esa bu ko‘rsatkich 32 foizni tashkil qilgan.