Boeing yangi o‘rta magistralli samolyot ishlab chiqaradi

Iqtisodiyot 20:48 / 01.07.2016 5189

Amerikaning Boeing Co. aviaqurilish konserni 270 nafargacha kishini sig‘dira oladigan yangi o‘rta magistralli yo‘lovchi samolyotini ishlab chiqarishni rejlashtirmoqda. Bu haqida 1 iyul kuni The Wall Street Journal xabar berdi

Samolyot 5,3 - 9,2 ming kilometr masofada ishlashga mo‘ljallangan, parvozning o‘rtacha davomiyligi 10 soatgacha bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Yangi layner 10 yil ichida ekspluatatsiyaga topshirilishi kerak.

 "U siz o‘ylaganingizdan ancha tezroq ishlab chiqiladi", - deya ta'kidladi Boeing'ning ishlab chiqarish bo‘yicha vitse-prezidenti Mayk Dileyni. 

Bundan tashqari kompaniyada yangi Boeing 737 modifikatsiyasini yaratish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda va uni Max deb nomlash rejalashtirilmoqda. Yanada qudratli dvigatellar bilan ta'minlangan samolyot o‘z bortiga 250 kishini sig‘dira oladi. Boeing 737'ning yangi modifikatsiyasi 2021 yilda bozorga chiqishi kutilmoqda.
 

Ko‘proq yangiliklar: