Avstriya konstitutsiyaviy sudi prezident saylovlaridagi natijani bekor qildi

Jahon 18:11 / 01.07.2016 3855

Avstriya konstitutsiyaviy sudi mamlakatda joriy yil 22 mayda o‘tkazilgan prezidentlik saylovi natijasini bekor qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, mamlakatda prezidentlik saylovlari takroran o‘tkaziladi.

Iyun boshida Avstriya ozodlik partiyasi mamlakatda o‘tgan prezidentlik saylovi natijasidan qoniqish hosil qilmaganini bildirgan edi.

O‘tgan saylovda Avstriya ozodlik partiyasidan nomzod Norbert Xofer  bir foizlik kam ovoz olib, Yashillar partiyasining sobiq rahbari Van der Bellenga yutqazib qo‘ygan edi.

Ko‘proq yangiliklar: