Asad: Ar-Riyod va Parij hukumat vazirlariga bosim o‘tkazmoqda

Jahon 18:00 / 01.07.2016 7723

Suriya hukumatining bir necha vazirlari, Saudiya Arabistoni va Fransiya bosimi sabab, lavozimlaridan iste'fo berishga majbur bo‘lishgan, deb bayonot berdi davlat rahbari Bashar Asad. 

«Vazirlar, ayrim hollarda Saudiya Arabistoni, boshqalarida Fransiya ulardan shuni iltimos qilganlari uchun vazifasidan voz kechishdi. Ular, qaysi mamlakatga bo‘ysinishlarini shu bilan namoyish etishdi. Hozirda, ular, ayni davlatlar izmida yuruvchi muxolifat kuchlari tarkibiga kirishgan. Ammo, bu Suriyadagi vaziyatga ta'sir etmaydi», — deya Asad so‘zlarini keltiradi SANA agentligi. 

22 iyun kuni Bashar Asad Suriya hukumatiga yangi bosh vazir tayinlagan edi. 
 

Ko‘proq yangiliklar: