Ar-Riyod neftning narxi oshishiga umid qilib, bozordagi o‘rnidan voz kechishga qaror qildi

Iqtisodiyot 01:31 / 01.07.2016 7739

Saudiya Arabistoni Osiyo bozorlarida neft sotish ko‘rsatkichlarini oshirish strategiyasidan chekinib, dunyo bozoridagi ulushini asta-sekin raqiblariga qo‘yib bermoqda, buning boisi u narxlarning qayta tiklanishiga umid qilmoqda. Bu haqida Reuters ma'lum qildi.

Ekspertlarning ta'kidlashicha, endilikda bozorda ustunlik qilishga urinish qirollik uchun ustuvor vazifa emas. 

"Osiyolik asosiy xaridorlar - Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya taqdim etayotgan raqamlar Saudiya Arabistoni o‘z o‘rnini Eron, Iroq va Rossiyaga bo‘shatib berayotganidan dalolat beradi", - deyiladi manbada. 

Bu jarayonni ixtiyoriy deb bo‘lmaydi, albatta. Biroq tahlilchilarning fikricha, Saudi Aramco davlat kompaniyasi pozitsiyalarning yo‘qotilishini to‘xtatish uchun hech narsa qilmayapti. "So‘nggi bir necha oy davomida Aramco o‘zining Arab Light neftining Osiyoga sotilish bahosini rasman oshirdi, u   qirollikda umumiy neft eksportning uchdan ikki qismini tashkil etadi", - deyiladi tadqiqotda.

Ko‘proq yangiliklar: