Apple rahbari Tim Kuk Nike'ning mustaqil direktoriga aylandi

Fan-texnika 19:31 / 01.07.2016 5923

Apple rahbari Tim Kuk Nike kompaniyasining "mustaqil yetakchi direktori"ga aylandi. Bu haqida kompaniya bayonotiga asoslanib, Fortune nashri xabar beradi

Kuk sport kiyimlari va poyabzallari ishlab chiqaruvchi amerika firmasining ma'muriy kengashi safidagi o‘rin almashinishlar munosabati bilan yangi lavozimni egalladi. Kompaniyaning xabar qilishicha, Nike raisi va asoschilaridan biri Fil Nayt nafaqaga ketmoqda, uning o‘rnini esa bosh direktor Mark Parker egallaydi.

Tim Kuk 2005 yildan beri  Nike direktorlar kengashi tarkibida bo‘lgan. U vaqtda Kuk Apple'ning operatsion direktori lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Tim Kukning "mustaqil direktor" lovozimiga tayinlangani bilan uning zimmasiga qanday vazifalar yuklanishi hozircha noma'lum.  
 

Ko‘proq yangiliklar: