Yaponiya yuqori sudi mamlakatdagi musulmon jamoatchiligini politsiya tomonidan kuzatib yurish bo‘yicha qonun loyihasini tasdiqladi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, 2010 yilda Yaponiyadagi musulmon jamoatchiligini politsiya tomonidan noqonuniy kuzatish bo‘yicha 114 ta ma'lumot kelib tushgan. Politsiya musulmonlarning ibodatxonalari, halol restoranlari va Tokiodagi islom tashkilotlarining ofislarini kuzatgan.
Shundan so‘ng, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadan kelgan 17 nafar yapon musulmoni yapon hukumatini ularning konstitutsiyaviy huquqlarini buzayotgani uchun sudga bergan.
Yakunda da'vogarlar 880 ming AQSh dollari miqdorida tovon puli olishdi.
Foto:AFP/Getty Images