Yaponiyada Fuji tog‘iga chiqish mavsumi ochildi

Jahon 23:50 / 01.07.2016 11127

Yaponiyaning Fuji tog‘iga chiqish mavsumi juma kuni rasman ochiq deya e'lon qilindi. 

Ayni damda toqqa chiqishni istagan barcha sayyohlar Yamanasi prefekturasidan Fujiga ko‘tarilishi mumkin. NHK telekanalining ma'lumotiga ko‘ra, 10 iyul kuni Sidzuoka prefekturasi hududidan marshrutlar harakatlana boshlaydi. 

Fuji — Yaponiyadagi eng baland tog‘ (3776 metr) bo‘lib, yaxshi ob-havo sharoitida uni 100 kilometr uzoqlikda Tokiodan tomosha qilish mumkin.  Yaponiyada Fujiga bag‘ishlangan mingdan ortiq shitoizm ibodatxonalari mavjud. U yaponlarning an'anaviy e'tiqod  buyumi sanaladi. Fuji tog‘i ikki yapon  prefekturasi — Sidzuoka va Yamanasi hududida joylashgan.

Uning hududida 33 madaniy va tarixiy yodgorliklar mavjud bo‘lib, tog‘ning o‘zi esa  YuNeSKOning butunjahon tabiiy merosi qatoriga qiritilgan.

Foto: RIA

Ko‘proq yangiliklar: