Yaponiyaning Osaka shahrida mamlakatdagi eng baland tomosha aylanasi ochildi, deb xabar qilmoqda «Kiodo» agentligi. Attraktsion Expocity savdo-ko‘ngilochar majmuasi hududida joylashgan bo‘lib, uning balandligi 123 metrni tashkil etadi.
Expocity 2015 yil noyabr oyida mijozlarga o‘z eshigini ochgan edi. 2016 yil may oyi oxiriga kelib, unga 14 million kishi tashrif buyurgan. Majmua faoliyatining birinchi yilida 17 mln kishi kelishi kutilmoqda.
Expocity hududida tomosha aylanasidan tashqari, savdo markazi, okeanarium, hayvonot bog‘i va muzey bor.