Halokatga uchragan Su-24 uchuvchisining oilasi Turkiya tomonidan beriladigan har qanday yordamni qabul qilmasligini aytdi

Jamiyat 18:27 / 01.07.2016 6057

2015 yilning noyabr oyida Suriyada halokatga uchragan Rossiyaning Su-24 samolyoti marhum uchuvchisi Oleg Peshkovning oilasi Turkiya tomonidan ko‘rsatiladigan har qanday yordamni qabul qilmasligini ma'lum qildi.

Avvalroq Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Qalin agar uchuvchining oilasi tovon so‘rab, tegishli tartibda murojaat qilsa, hukumat bu masalani ko‘rib chiqishini ma'lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Turkiyaning kurort shahri bo‘lmish Kemer meriyasi marhum uchuvchining oilasiga kurort hududidan uy berishga tayyor ekanligi xabar qilingan edi.

Ko‘proq yangiliklar: