AQSh kinoakademiyasi “oskar qonunlari”ga o‘zgartirish kiritdi

Jamiyat 15:35 / 01.07.2016 6157

AQSh kinematografiya va fan akademiyasi bir qator “oskar qonunlari”ga o‘zgartirish kiritdi. Bu haqda Variety ma'lum qilmoqda.

Unga muvofiq, “Oskar” taqdimotiga qo‘yiladigan filmning vaqt davomiyligi va sanog‘iga o‘zgartirish kiritildi.

Shuningdek, akademiklar film taqdimoti bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarga, kechki nonushtalar va ziyofatlarga tashrif buyurishlari mumkin emas etib belgilandi. Bundan tashqari, ovoz berishda adolatni yo‘qotmasliklari ham ta'kidlandi. Tartiblarni birinchi marta buzgan akademik vaqtincha chetlantiriladi, ikkinchi marta buzsa, esa tashkilot ro‘yxatidan o‘chiriladi.

Bundan tashqari, musiqa bo‘limidagi akademiklarga “Oskar” taqdimotiga nomzodi qo‘yilgan musiqalar jonli ijro etiluvchi taqdimotlar va tadbirlarga borish ham taqiqlandi.

 

Foto:BROADIMAGE/REX/SHUTTERSTOCK

Ko‘proq yangiliklar: