3 ming nafardan ziyod velopoygachi "Tur de Frans" musobaqasi oldidan velopoygalarda taqiqlangan motorchalar tekshiruvidan o‘tkaziladi. Bu haqda Xalqaro velosipedchilar kengashi (UCI) prezidenti Brayan Kukson so‘zlariga asoslanib, Reuters agentligi xabar bermoqda.
"Biz har bir jamoani va har bir vilosipedchini tekshirishni mo‘ljallamayapmiz. Ammo biz "Tur de Frans" musobaqalari vaqtida 3 mingdan ziyod vilosipedni ko‘zdan kechiramiz, - dedi Kukson. – Biz buni start oldidan, finishga yaqin va poyga vaqtida amalga oshiramiz. Biz jamolar bilan doimiy ravishda hamkorlik qilib kelganmiz. Chunki bu faqat ularga kerak".
"Tur de Frans" 2016 yilning 2-26 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.