O‘zbekistonlik qori Rossiyada taroveh namozlarini o‘tkazib bermoqda

Jamiyat 13:30 / 30.06.2016 5864

2016 yil Rossiya Federatsiyasining Saratov viloyati muftiysi M.Bibarsovning Din ishlari bo‘yicha qo‘mita nomiga yo‘llagan xatiga asosan, o‘zbekistonlik qori M.Haydarov joriy yil Ramazon oyida taroveh namozlarini o‘tkazib berishlik uchun Rossiyaning Saratov viloyatiga jo‘nab ketdi.

“Rashida” jome masjidida 6 iyun kunidan boshlab Ramazon oyi davomida taroveh namozlarida Qur'oni karim boshidan oxirigacha xatm etilmoqda. O‘tkazilgan taroveh hamda juma namozlarida o‘zbekistonlik qori namozxonlarni chiroyli Qur'on tilovati bilan xushnud etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.

Saratov viloyati muftiysi M.Bibarsov Ramazon oyida viloyatning chekka hududlarida joylashgan masjidlarga qilgan safari mobaynida M.Haydarov hamrohlik qilib, joylarda taroveh namozlarini ado etib, Qur'oni karim tilovati va taroveh tasbehlarini o‘qib bermoqda. Yig‘ilgan namozxonlarga Ramazon oyining fazilatlari haqida ma'ruzalar qilinmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: