Turkiyada IShID bilan aloqadorlikda gumon qilinib 9 kishi qamoqqa olindi

Jahon 14:30 / 30.06.2016 4101

Turkiya politsiyasi, Istanbul xalqaro aeroportidagi xunrezliklardan so‘ng, IShID terrorchilik guruhining Izmir shahridagi jangarilar to‘dasini aniqlash borasida maxsus amaliyot o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Anadolu.

Ma'lumotlarga ko‘ra, reyd natijasida IShIDga aloqadorlikda gumon qilinib, 9 kishi qo‘lga olingan. Ularga, terrorchilarni moliyalashtirish va jangarilarni yollash aybi ilgari surilgan. Bundan tashqari, Istanbulning 3ta tumanida shu kabi maxsus amaliyotlar o‘tkazilgan. 

Avvalroq, ayrim OAV Istanbul qo‘poruvchiliklarini, kelib chiqishi chechenistonlik bo‘lgan jangarilar sodir etgani gumon qilinayotgani hususida xabar tarqatgan edi. 

Ko‘proq yangiliklar: