«Transaero» rahbariyati yangi kompaniya tashkil etishni rejalashtirmoqda

Jahon 17:39 / 30.06.2016 5169

«Transaero» aviakompaniyasi bazasida yangi aviatashuvchi paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqida kompaniya bosh direktori Aleksandr Burdin TASS agentligiga bergan intervyusida ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya kreditorlarga faoliyatini tiklash bo‘yicha rejalar va yangi sxemalar taqdim etadi. 

"Hozir biz yangi aviakompaniya yaratish haqida bosh qotiryapmiz, uning asosi «Transaero» xodimlaridan iborat bo‘ladi", - ma'lum qildi Burdin. U bunday variantga ko‘nish - kreditorlar o‘z pullarini qaytarib olishlari uchun yagona variantligini ta'kidladi.

Burdinning aytishicha, aviakompaniya qayta ishga tushirilgan taqdirda yangi tashuvchi Uzoq Sharqqa e'tibor qaratadi. 

Yangi kompaniya ekspluatant sertifikatini qaytib olish haqidagi qarorni bekor qilishiga erishmoqchi, muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda yangi sertifikatga ariza beradi. Shuningdek «Transaero»da ekspluatant sertifikatiga ega aviakompaniya bilan qo‘shilish yoki xarid qilish variantlari ko‘rib chiqilmoqda. 

Yangi kompaniya aviaparki «Transaero» bazasida yaratiladi, u Boeing 737 New Generation va Sukhoi Super Jet — 100'lardan hamda istiqbolda MS-21'dan iborat bo‘ladi. 

«Transaero» aviakompaniyasi o‘tgan yilning 26 oktabrida o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

 

Foto:© ITAR-TASS

 

Ko‘proq yangiliklar: