Toshkentda joylashgan “Karvonbozor” bozori hududida 29 iyun, kunning ikkinchi yarmida markaziy issiqlik uzatish quvuri yorilib ketdi. Guvohlarning aytishicha, portlash quvvati shunchalik kuchli bo‘lganki, quvurning ma'lum bir qismi havoga ko‘tarilgan va “Jiguli” hamda “Matiz” rusumli avtomobillarga jiddiy zarar yetkazgan. Tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, yana bir nechta mashina jiddiy zarar ko‘rgan.
Bundan tashqari, yorilib ketgan issiqlik quvuridan chiqqan suv sabab savdo majmuasining ma'lum bir hududini suv bosgan. Oziq-ovqat paviloni butunlay suv ostida qolgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, hodisa tufayli jabrlanganlar yo‘q. Avariya sabablari o‘rganilmoqda.