Telegram messenjeri rahbariyati messenjerni "yetarlicha xavfsiz emas" va mutlaq himoyalangan servis deb reklama qilinganga to‘g‘ri kelmasligini aytgan amerikalik krpitograflarning vajlarini inkor etdi. Bu haqda messenjer egasiga yaqin bo‘lgan manba ma'lum qildi.
"AQShning Gizmodo sayti Telegram haqida xatolar, noaniqliklar va tushunchalarning ataylab o‘zgartirilishiga to‘la bo‘lgan yoqimsiz material chop etdi. Rossiya matbuoti, afsuski bu qarmoqqa ilindi. Albatta, buning barchasi safsata", deb aytdi manba.
Manbaning ayitishicha, maqola muallifi "tugallangan shifrlash"ni oddiy " shifrlash" bilan o‘zgartirib, bu asosda xizmatning oddiy chatlaridagi ma'lumotlar shiflanmasligini aytgan. Biroq Telegram orqali uzatiluvchi istalgan ma'lumotlar shifrlanadi. Maxfiy chatlarda qurilmadan qurilmaga shifrlash qo‘llanadi, oddiy bulutli chatlardagi ma'lumotlar mijoz va server o‘rtasida uzatish uchun shifrlanadi va serverda shifrlangan holda saqlanadi.
Ma'lumotlarni asl holiga qaytarish uchun kalitlar bir necha qismga bo‘linadi va turli hududlarda bo‘lgan bir necha ma'lumotlar markazida saqlanadi. "Telegram’ni qandaydir ma'lumotlarni berishga majbur qilish uchun bir necha davlatlar o‘rtasidagi aqlbovar qilmas darajadagi hamkorlik kerak bo‘ladi", deb aytdi manba.
Manba shuningdek mutaxassislarda shifrlash uchun ishlatiladigan mexanizmlarni tahlil qilishning imkoni yo‘qligi haqidagi tasdiqlarni ham rad etdi. "Ma'lumotlarni uzatish bayonnomasini tahlil qilish uchun barcha ma'lumotlar ham batafsil, ham qisqa sharhlar ko‘rinishida ochiq foydalanishga qo‘yilgan. Tadqiqotchilarda MTProto bayonnomasini tahlil qilish uchun barcha instrumentlar bor", deb o‘z so‘zini yakunladi manba.
24 iyunda Gizmodo kriptografiya (ma'lumotlarning maxfiyligini ta'minlash haqidagi fan) bo‘yicha yetakchi amerikalik mutaxassislar messenjerning xavfsizligiga shubha bildirishganini ma'lum qilgandi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, messenjerning asosiy muammolaridan biri unda suhbatlarni so‘zsiz shifrlash imkonining yo‘qligi hisoblanadi.