Fransiya prezidenti Fransua Ollandni qo‘llab-quvvatlash darajasi u hokimiyatda bo‘lib turgan vaqt mobaynidagi eng past ko‘rsatkichga yetdi.
TNS Sofres tomonidan Le Figaro nashri buyurtmasiga ko‘ra o‘tkazgan so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, unga ishonch reytingi rekord darajadagi past ko‘rsatkichni qayd etgan va antirekord o‘rnatilgan. Natijalar Le Figaro gazetasida keltirilgan.
Aniqlik kiritilishicha, Ollandning reytingi 12 foizni tashkil qilmoqda.
Gazetaning qayd etishicha, bu TNS Sofres tarixida o‘tkazilgan shu boradagi so‘rovnomalarda qayd etilgan eng past ko‘rsatkich bo‘ldi.
Aprel oyi uchun Le Eco gazetasi buyurtmasiga ko‘ra so‘rov o‘tkazgan Elabe sotsiologik xizmati ma'lumotlarida respondentlarning atigi 16 foizi Ollandga va uning Fransiya oldida turgan asosiy muammolarni samarali hal etishiga ishonch bildirishi ma'lum bo‘lgandi.
Hatto mamlakat bosh vaziri Manyuel Valsning reytingi ham, garchi ikki punktga pasaygan bo‘lsa-da, Ollandga nisbatan yuqori bo‘lib, may oyida 20 foizni tashkil etgan.
Bundan oldinroq, fransuzlarning 45 foizi mamlakatda YeIdan chiqish bo‘yicha referendum o‘tkazishga rozi ekani aniqlangandi.