Garet Sautgeyt Angliya futbol assotsiatsiyasiga milliy terma jamoada ish boshlash niyatida emasligini ma'lum qildi.
Ayni vaqtda Angliya yoshlar terma jamoasida murabbiy sifatida ishlayotgan Sautgeyt bu taklifni qabul qilish faoliyatidagi to‘g‘ri qadam bo‘lmaydi deb hisoblamoqda.
Angliya futbol assotsiatsiyasi Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 saralash bahslari boshlanguncha milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyini aniqlab olmoqchi.
Bundan oldinroq, Sautgeyt 1 yil davomida terma jamoada ishlash uchun taklif etilishi, keyinroq Arsen Venger, Klaudio Raneri, Eddi Xau, Glenn Hoddl va Brendan Rodjyers kabi mutaxassislardan biri bilan uzoq muddatli shartnoma tuzilishi haqida xabarlar berilgandi.
Manba: Tribuna.uz