«Zenit» hujumchisi Xalk Xitoyning «Shanxay SIPG» jamoasi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda jamoaning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma'lum qilingan.
Transfer qiymati 55,8 mln yevroni tashkil qildi, shuningdek bonus sifatida yana 2 mln yevro berilishi mumkin. Shartnomaning boshqa jihatlari oshkor etilmadi.
29 iyun kuni Xalk yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Shanxayga kelgandi.
OAVda tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchi xitoyliklar klubida yiliga 20 mln yevro oladi.
Xalk peterburgliklar klubiga 2012 yili «Portu» safida 40 million yevro evaziga kelib qo‘shilgan, o‘tgan mavsumlar davomida 147 uchrashuvda 74 gol urgan va 60 marta golli uzatmani amalga oshirgandi. U «Zenit» safida Rossiya chempioni, mamlakat Kubogi va Superkubok sohibi bo‘lgan.