RF transport vazirligi Rossiya va Turkiya o‘rtasida charter parvozlarini qayta boshlash to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqa boshladi, deb xabar qilgan vazirlik sayti.
Unda aytilishicha, mazkur vazifa Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiya bilan munosabatlarni qayta tiklash bo‘yicha hukumatga bergan topshirig‘i doirasida amalga oshirilgan. Shu bilan vazirlik transport sohasidagi mavjud cheklovlarni bekor qilish tavsiyalarini ishlab chiqadi.
Xabarda ta'kidlanishicha, charter parvozlarini qayta boshlash uchun, Rossiya tomoni turk hamkasblarining rossiyalik sayyohlarning xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha kafolatini olishlari talab etiladi.