Oxirgi 100 yil ichida topilgan eng katta olmos Londondagi auksionda sotila olinmadi. Sotheby’s auksionida tennis koptokchasi o‘lchamidagi olmos "umr topilmasi" deb ataldi, deb xabar bermoqda The Guardian nashri.
Bungacha olmos biror marta savdoga qo‘yilmagandi. "Lesedi la Rona" (Bizning chiroq) deb atalgan qimmatbaho tosh uchun kamida 70 mln dollar so‘raldi, biroq unga taklif qilingan eng yuqori narx 61 mln dollarni tashkil qildi.
Endi auksion uyida butun tarix davomida topilgan yirikligi bo‘yicha 2-raqamli toshni umuman sotishga muvaffaq bo‘linishiga shubha bildirilmoqda.