Istanbul aeroportidagi terakt ortida turgan terrorchi guruhlar yakson qilinadi. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obama Ottavada bo‘lib o‘tayotgan Shimoliy Amerika davlatlari yetakchilari sammitida aytib o‘tdi.
"Istanbuldagi dahshatli teraktlar munosabati bilan Turkiya xalqiga chuqur hamdardlik bildirishga imkon bergaysiz", deb boshladi o‘z nutqini Obama Meksika prezidenti Enrike Penya Neto bilan ikki tomonlama uchrashuv oldidan.
Obama portlashni uyushtirgan terrorchilar beayb odamlarning o‘limi uchun javob berishlari kerakligini ta'kidlab o‘tdi. "Ular oyoqlari ostidagi yerni yo‘qotmoqdalar, ular hududlarni boshqarishga qodir emaslar. Ular Suriyada, Iroqda yo‘q qilinadilar", deb aytdi Obama.
"Biz butun madaniy dunyoga ta'sir o‘tkazayotgan bu nafrat tarmog‘ini yo‘q qilmagunimizcha tinchimaymiz", deb aytdi Obama.
28 iyunda uch nafar terrorchi-xudkush Istanbul aeroportining xalqaro terminalida o‘zini portlatib yubordi. Oqibatda 41 kishi halok bo‘ldi, 239 kishi jarohat oldi. Voqea joyiga kelgan Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim terakt ijrochilari IShID jangarilari bo‘lishi mumkinligini aytgan.