«Manchester Yunayted» «Barselona» hujumchisi Neymar uchun «Real» va «PSJ» bilan raqobatlashishda davom etmoqda.
El Mundo Deportivo tarqatgan xabarga ko‘ra, inglizlar klubi 2 yildan keyin erkin agentga aylanishi mumkin bo‘lgan 24 yoshli braziliyalikka navbatdagi taklifni yuborgan.
«MYu» tomonidan Neymarning vakillari bilan taniqli futbol agenti, Mino Rayola va Jorjye Mendeshning "ustozi" sifatida qaraladigan Pini Zaxavi olib bormoqda.
Bundan oldingi xabarlarda «MYu» futbolchi uchun yiliga 17 million yevrolik maosh to‘lashga tayyorligi haqida xabarlar berilgandi.
Ayni vaqtda Neymar uchun kataloniyaliklar tomonidan so‘raladigan tovon puli miqdori 192 million yevroni tashkil qiladi. Futbolchining «Kamp Nou»da o‘ynab oladigan yillik maoshi 9 million yevro. Lekin «Barselona» futbolchi bilan yangi shartnoma tuzib, bu miqdorni 15 million yevroga oshirishga rozi.
Bu vaqtda «Real» futbolchiga yiliga 15 million yevro to‘lashni nazarda tutuvchi 6 yillik shartnoma taklif etmoqda. «PSJ» esa Neymarga yiliga 18,5 million yevro berishga tayyor. Qolaversa, qo‘shimcha bonuslar hisobiga bu miqdor 28 million yevroga yetishi mumkin.
Futbolchining otasi Neymar da Silva va uning agenti Vagner Ribeyro unga «Barselona»ni tark etib, takliflardan birini qabul qilishni tavsiya etgan.