Qutqaruvchilar guruhi Uels janubida joylashgan Brekon-Bikons milliy bog‘i hududidagi tog‘li yerda adashib qolgan bolalar guruhining barchasini topishga muvaffaq bo‘ldi, deb xabar qiladi OAV.
26 nafar o‘smirning bir qismi tog‘dan Aberkrave qishlog‘igacha tushib olishga ulgurdi, qolganlar esa hali ham yo‘lda.
Maktab o‘quvchilari Edinburg gersogi mukofoti dasturi bo‘yicha toqqa ko‘tarilish shartida ishtirok etishgan. Mazkur tanlov doirasida yoshlar har tomonlama rivojlanish uchun bir qator topshiriqlarni bajarishiga to‘g‘ri keladi.