Qozondagi do‘kon Rossiya terma jamoasi futbolchilariga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortdi

Sport 22:52 / 30.06.2016 6424

Tatariston markazi Qozon shahrida joylashgan do‘konlardan biri eshigiga do‘konga futbol bo‘yicha Rossiya terma jamoasi futbolchilari kirmasligi kerakligi yozib qo‘yildi. Bu do‘kondagilar Rossiya terma jamoasi futbolchilariga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortgan. Bu haqdagi xabar «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘lgan.

«O — originallik. Avval Obamaga shunday taqiq qo‘yilgandi, endi futbolchilarimizga», — deya yozgan suratni joylashtiruvchi.

Tarmoq foydalanuvchilarining fikr bildirishicha, do‘kondagilarning bu qarori Rossiya terma jamoasining Yevropa chempionatidagi muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: