Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev, mamlakat Yer kodeksining yer hududini sotish va ijaraga berish masalalariga oid ayrim moddalari ijrosini to‘xtatishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini imzoladi, deb xabar qilgan prezident matbuot xizmati.
Hujjat, prezidentning 2016 yil 6 mayida qabul qilgan farmoni asosida ishlab chiqilgan. O‘shanda, Nazarboyev Yer kodeksi me'yorlarining ijrosiga vaqtincha taqiq joriy etgan edi. Davlat rahbarining bunday qaroriga, mahalliy aholining noroziliklari sabab bo‘lgan edi. Ular, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarini xorijiy fuqarolarga ijaraga berish muddatini 10 yildan 25 yilga uzaytirish g‘oyasiga qarshi chiqishgan. Buning natijasida, milliy iqtisodiyot vaziri hamda qishloq xo‘jaligi vaziri iste'foga chiqqandi.
Prezident imzolagan hujjat, Yer kodeksining yerni ijaraga berishga oid bandlarini 2016-yil 31-dekabrgacha bekor qiladi.