«Sauthempton» rahbariyati va murabbiy Klod Pyuel o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanib, tomonlar o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jamoa rasmiy saytida ma'lum qilinishicha, inglizlar jamoasi «Nitstsa»ning sobiq bosh murabbiyi bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. U biroz oldinroq «Everton»ga o‘tib ketgan Ronald Kuman o‘rniga ish olib boradi.
Ushbu mutaxassis o‘z vaqtida «Monako», «Lill» va «Lion» jamoalarida ishlagan. Uning rahbarligida «Monako» 2000 yilda mamlakat chempionligiga va Superkubokka erishgandi.
Kuman ketgach, uning o‘rniga ishlashi mumkin bo‘lganlar qatorida «Roma»ning sobiq bosh murabbiyi Rudi Garsiya va «Manchester Siti»dan o‘tgan mavsum yakunida ketgan Manuel Pellegrini nomzodlari ham ko‘rib chiqilgandi.