Qirg‘iziston Istanbuldagi teraktlarga o‘z fuqarosi aloqadorligini inkor etmoqda

Jahon 18:27 / 30.06.2016 6815

Qirg‘iziston tomonining ma'lum qilishicha, Istanbuldagi Otaturk aeroportida sodir bo‘lgan teraktlarda qirg‘iz fuqarolari ishtirok etmagan. Bu haqida TASS xabar tarqatdi

"Respublikamizning Turkiyadagi konsulligi xodimlari Istanbul politsiyasining terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan bog‘lanib, u yerda Otaturk aeroportidagi teraktlarda Qirg‘iziston fuqarolari ishtirok etmaganiga rasman ishonch bildirishdi", - deya xabar berildi Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmatida. 

Matbuot xizmati aeroportga hujum uyushtirgan terrorchilar orasida avval Qirg‘iziston hududida yashagan biror kimsa haqida ma'lumot yo‘qligini xabar qildi.

Bundan oldinroq bir qator yetakchi nashrlarda Istanbuldagi terakt ijrochilari Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: