KXDR Qo‘shma Shtatlarning dushmanlik harakatlariga javoban yadroviy qudratini mustahkamlashda davom etadi. "Nodon sinmun" gazetasi respublika Tashqi ishlar vazirligi vakiliga asoslanib shu haqda xabar bergan.
Manba "KXDRni yakkalab qo‘yish maqsadida xalqaro kampaniyani kengaytirayotgan" Vashington bilan muloqot qilish ehtimoli mavjudligini rad etgan.
KXDR tomonidan berilgan bayonotda amerikaliklarning qanotli raketalar bilan jihozlangan USS Mississippi atom suvosti kemasi Janubiy Koreyaning Pusan portiga kirib kelishi, qo‘shni davlat havo hududida B-52 srtategik bombardimonchi samolyotlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi va "Pxenyanni bosib olish" rejalari ishlab chiqilishi rahbariyatni g‘azablantirgani aytilgan.
Diplomat ogohlantiradiki, AQSh ma'muriyati bu ishlarning "og‘ir oqibatlari"ga yo‘liqishi mumkin.
Bundan oldinroq, KXDR BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan mamlakatda ballistik raketalar uchirilishini qoralagan bayonotni to‘liq rad etgandi.
Koreya Mehnat partiyasining AQSh va boshqa dushman kuchlari tomonidan tahdid yuzaga kelayotgan sharoitda mamlakat xavfsizligini ta'minlash maqsadida yadroviy kuchlarni mustahkamlash va iqtisodiyotni parallel rivojlantirish tizimiga muvofiq joriy haftada "Xvason-10" raketalari uchirilgan.
KXDR vakili Koreya yarim orolidagi keskinlikning ortishi uchun javobgarlikni Vashingtonga yuklab, BMT Xavfsizlik kengashining bayonotini ikkiyuzlamachi siyosatning xolislikdan mahrum samarasi deb atadi. U AQSh KXDRga sanksiyalar va yadro tahdidi yordamida bosim o‘tkazishni to‘xtatmas ekan, KXDR bu kabi choralarni qabul qilishda davom etishi haqida ogohlantirdi.
Keyinroq KXDR AQShni yadro salohiyatini mustahkamlashda davom etishi haqida xabardor qildi.
23 iyun kuni KXDR "yer—yer" sinfidagi o‘rta va uzoq masofalarga parvoz qiluvchi "Xvason-10" strategik ballistik raketasini uchirgani haqida xabar berilgan edi.