Istanbuldagi qo‘poruvchilikda O‘zbekistonning ikki fuqarosi halok bo‘lgan

Jamiyat 13:08 / 30.06.2016 28355

Turk OAV xabariga ko‘ra, Istanbul xalqaro aeroportida sodir etilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ikki nafar o‘zbekistonlik qurbon bo‘lgan. 

28 iyun kuni kechqurun Istanbul xalqaro aeroportida 3 nafar hudkush terrorchi sodir etgan mudhish terrorchilikda, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, 41 kishi halok bo‘lgan, 239 nafar odam yaralangan. 

"Terakt qurbonlari orasida O‘zbekistonning Namangan viloyati fuqarosi bo‘lgan 22-yoshli Abrorjon Ustaboyev ham bor", — deb xabar qilgan Haberturk internet nashri. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Ustaboyev aeroportga taksida kelib, undan tushgan zahoti halok bo‘lgan. 

29 iyun kuni, o‘zbek va turk OAVlarida qo‘poruvchilik qurbonlarining ro‘yxati e'lon qilingan, Turkiya adliya vazirligi tomonidan tuzilgan ro‘yxatda O‘zbekistonning yana bir fuqarosi – Samad Muxiddinovning ham ismi-sharifi bor edi. 

Hozircha, O‘zbekiston hukumati, Ataturk xalqaro aeroportidagi xunrezliklarda mamlakat fuqarolarining qurbon bo‘lgani yoki yaralanganiga oid rasmiy ma'lumotlarni e'lon qilganicha yo‘q. 
 

Ko‘proq yangiliklar: