Turkiya maxsus xizmatlari 29 iyunga o‘tar kechasi Istanbuldagi Otaturk aeroportida o‘zini portlatganlardan birining shaxsini aniqladi. Bu haqda Bi-bi-si xabar tarqatgan.
Ma'lum bo‘lishicha, terrorchilardan birining Istanbuldagi uyidan topilgan pasportga ko‘ra, u dog‘istonlik.
Qayd etilishicha, ushbu shaxs bir oy muqaddam Turkiyaga kelgandi.
Bundan oldinroq, terakt ijrochilari orasida Rossiya fuqarosi borligi haqida xabar qilindi.