Turkiya politsiyasi Istanbul aeroportidagi teraktga aloqadorlikda gumon qilib, 13 kishini qo‘lga olgan. Bu haqda Hurriyyet xabar tarqatgan.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, bugun Istanbul shahridagi 16 manzilga reyd uyushtirilgan. Qo‘lga olinganlarning 3 nafari xorijlik.
28 iyun, seshanba kuni kechqurun Istanbuldagi Otaturk aeroporti xalqaro terminalida uchta portlash yuz berdi. Uch nafar xudkush terrorchi yo‘lovchilarni avtomatdan o‘qqa tutdi, so‘ng portlovchi qurilmalarni harakatga keltirdi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt natijasida 42 kishi, jumladan 13 xorijlik qurbon bo‘ldi, 239 kishi yaralandi.
Biroz oldinroq, terakt ijrochilaridan biri o‘zbekistonlik ekani haqida xabar paydo bo‘ldi.