Turkiyaning Ataturk xalqaro aeroportida o‘zlarini portlatib yuborgan 3 terrorchining kamida bir nafari boshqa davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi Turkiya xavfsizlik xizmati vakili taqdim etgan ma'lumotga tayangan holda.
«Biz qo‘poruvchiliklarga xorijiy fuqarolarning aloqadorligiga oid ehtimolni ham e'tibordan chetda qoldirganimiz yo‘q. Ularning kamida bir nafari xorijlik bo‘lgan, ammo hozircha surishtiruv ishlari davom etmoqda», — degan manba, boshqa tafsilotlarga to‘xtalmagan.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Istanbul shahri Ataturk xalqaro aeroportida amalga oshirilgan qo‘poruvchiliklar 42 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Turkiya politsiyasi tomonidan o‘tkazilgan maxsus amaliyotlarda 13 kishi ko‘lga olingani xabar qilinmoqda. Ularning 3 nafari boshqa mamlakat fuqarosidir.
Avvalroq, tezkor amaliyotlarda 9 kishi hibsga olingani xabar qilingan edi.