Ispaniya bosh vaziri majburiyatlarini bajaruvchi Mariano Raxoy Shotlandiya bilan uning Yevropa Ittifoqiga kirishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilishiga har qanday urinishga qarshi chiqishini aytdi. U bu haqda 29 iyunda aytdi, deb xabar bermoqda The Independent.
"Men aniq aytishni istayman: Shotlandiya Yevropa Ittifoqi bilan muzokara olib borishga vakolati yo‘q. Ispaniya Buyuk Britaniya hukumatidan bo‘lak boshqalar bilan muzokaralar olib borishga qarshi. Agar Birlashgan Qirollik YeIdan chiqsa, unda Shotlandiya ham chiqadi", deb aytdi Raxoy.
Nashr fikricha, Madridning bu masaladagi qat'iy qarshiligi Ispaniyada ayirmachilik kayfiyatlari juda kuchli ekanligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xususan, gap Kataloniya va Basklar davlati haqida ketmoqda.
Shotlandiyada saylovchilar Brexit bo‘yicha ovoz berish jarayonida YeIda qolishni qo‘llab-quvvatlashgan. YeIda qolish uchun 62 foiz aholi rozilik bergan.
Referendumning ertasigayoq, 24 iyunda Shotlandiya hukumati rahbari Nikola Sterjyen "Shotlandiya o‘z kelajagani YeIda ko‘rishini aniq bildirganini" aytib o‘tgan. 25 iyunda Sterjyen Shotlandiyaning Birlashgan Qirollikdan mustaqil bo‘lishi bo‘yicha yangi referendum o‘tkazilishi uchun qonunchilik bazasi ishlab chiqilishi mumkinligini aytgandi.