Xorvatiya Serbiya bilan chegaradosh Batina o‘tish yo‘lagiga to‘siq qo‘ydi. Bu haqda Xorvatiya IIV xabar bermoqda.
"Xorvatiya Respublikasiga Batina o‘tish yo‘lagidan noqonuniy o‘tish ehtimolining oldini olish maqsadida u yerda texnik to‘siqlar o‘rnatildi. Shu bilan birga xavfsizlik nuqtai nazaridan ko‘prik butunlay yopilishi ham mumkin. Ayni damda qayd etilgan hududlarga hech nima xavf solmayapti”, - deyiladi Xorvati IIV bergan ma'lumotda.
Serbiya IIVning ma'lum qilishicha, mamlakat Xorvatiya tomonining ushbu harakati haqida oldindan ogohlantirilmagan va buning sababi tushuntirilmagan.
"Ayni damda Bezdan - Batina chegara yo‘lagi avtomobil va yuk harakatlari uchun ochiq turibdi”, - deb ma'lum qilgan Serbiya IIV.