Xanoy shahri ma'muriyati shaharda mototsikllar harakatini taqiqlash niyatida

Jahon 09:30 / 30.06.2016 5800

Vetnam poytaxti Xanoy shahri ma'muriyati 2025 yilga kelib, shaharda mototsikllardan foydalanish uchun taqiqni joriy qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilgan «Bi-bi-si».

Poytaxt hukumati, yo‘llardagi tirbandliklarga qarshi kurashish chorasi sifatida, 10 yil mobaynida mototransport vositalaridan qutilish niyatida. Aniqlik kiritilishicha, atigi 500 ming xanoylik avtomobil xizmatidan foydalangani holda, shahardagi mototsikllar soni 5 millionga yetadi. Shahar ma'muriyati taxminlariga ko‘ra, 2020 yilga borib bu raqam yanada oshib, 7 millionni tashkil etishi mumkin. 

Shahar hokimiyati shaxsiy transport vositalarini qisqartirish barobarida, jamoat transportini rivojlantirishni rejalashtirgan.

 

foto:AFP/GETTY IMAGES

Ko‘proq yangiliklar: